O‘zbekiston | 19:28 / 03.03.2021
2598
2 daqiqa o‘qiladi

Standartlar instituti: Standartlar endi jamoatchilik muhokamasidan o‘tadi

Standartlashtirish sohasi faoliyatini xalqaro talablarga uyg‘unlashtirish va standartlarni qabul qilish tizimini yangicha zamonaviy usullarga transformatsiya qilish jarayoni amalga oshirilmoqda.

Shu maqsadda, «O‘zstandart» agentligi huzuridagi Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish ilmiy-tadqiqot instituti rasmiy veb-saytida texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni jamoatchilik bilan muhokamadan o‘tkazish portali 1 fevraldan sinov tariqasida ishga tushirildi.

Endilikda, manfaatdor tomonlar (vazirlik, idora, uyushma va boshqalar), tarmoqlardagi milliy texnik qo‘mitalar tomonidan ishlab chiqilgan yoki o‘zgartirish kiritiladigan davlat standartlari loyihalari hamda respublikamizda amalga kiritiladigan xalqaro va xorijiy davlatlarning milliy standartlari mazkur portal orqali jamoatchilik muhokamasidan o‘tkaziladi.  

Hurmatli fuqarolar va tadbirkorlar! Qabul qilinayotgan standartlarga befarq bo‘lmang, o‘z fikringizni bildiring. Sizning fikringiz biz uchun juda muhim!

Batafsil ma'lumotni Standartlar institutining uzsti.uz rasmiy

veb-sayti yoki (71) 253-85-67, 250-22-23, 253-18-67, 253-18-47 telefon raqamlari orqali olishingiz mumkin.

Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va
texnik jihatdan tartibga solish ilmiy-tadqiqot instituti Matbuot xizmati

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid