Fan-texnika | 15:23 / 11.03.2021
11677
1 daqiqa o‘qiladi

Rolls-Royce 2020 yilda 4 mlrd funt zarar ko‘rdi

Qayd etilishicha, kompaniya 2019 yilda 583 mln funt sterling foyda ko‘rgan.

Foto: Reuters

Britaniyaning aviatsiya, kemalar va energetika uchun jihozlar ishlab chiqaruvchi Rolls-Royce kompaniyasi 2020 yilni 4 mlrd funt sterling zarar bilan yakunladi.

 Qayd etilishicha, kompaniya 2019 yilda 583 mln funt sterling foyda ko‘rgan.

Aviatsiya sohasi uchun jihozlar ishlab chiqaruvchi bo‘linma eng ko‘p zarar ko‘rgan. Rolls-Royce aviakompaniyalardan kompaniya ishlab chiqargan dvigatellar o‘rnatilgan samolyotlarning parvoz qilgan soatlari uchun pul oladi. Pandemiya sababli 2020 yilda aviaparvozlar kam amalga oshirilgani sababli to‘lov miqdori kamayib ketgan.

Kompaniya 9 ming ish o‘rnini qisqartirishiga va 5,3 mlrd funt sterling moliyaviy yordam olishiga to‘g‘ri keldi. Rolls-Royce qarzlarini to‘lash uchun 2 mlrd funt sterlinglik aktivlarini sotishni mo‘ljallamoqda.

Mavzuga oid