O‘zbekiston | 13:29 / 18.03.2021
3316
2 daqiqa o‘qiladi

Navoiyda spirtli ichimlik sabab sodir bo‘lgan kelishmovchilik pichoqbozlik bilan yakunlandi

Navoiy viloyatining Navbahor tumanida ichkilikbozlik oqibatida kelib chiqqan janjal bir kishining o‘limiga sabab bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, Navbahor tumanining Qalqon ota mahallasida yashovchi fuqaro M.A. 2021 yilning 16 mart kuni Toshrabot mahallasida yashovchi tanishi Sh.G‘. bilan uning xonadonida spirtli ichimlik iste'mol qilishgan.

Ichkilik ta'sirida 40 yoshli A.M. 52 yoshli Sh.G‘.ning yuziga musht tushirgan. Bundan g‘azablangan Sh.G‘. esa oshxona pichog‘i bilan uning chap ko‘krak qismiga bir marotaba urgan. Oqibatda, A.M. olgan tan jarohati tufayli voqea joyida vafot etgan.

Holat yuzasidan Navbahor tuman prokurori tomonidan fuqaro Sh.G‘.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ta'kidlanishicha, ushbu jinoyat viloyat IIB boshlig‘i Azat Tasbayev ishtirokida Toshrabot mahallasida keng jamoatchilik ishtirokida muhokama etilib, uning kelib chiqish sabablari tahlil qilingan.

Mavzuga oid