Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda ota aliment o‘rniga farzandlariga uy berdi
Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida alimentdan qarzdor bo‘lgan ota sobiq turmush o‘rtog‘i bilan kelishgan holda yashab turgan xonadonini farzandlariga berdi.
Qayd etilishicha, F.A. va M.J. bir necha yillik nikohi davomida ikki nafar farzandli bo‘lgan. Ular ajrashgach, M.J. moddiy qiyinchiliklar sabab farzandlari ta'minoti uchun aliment undirish maqsadida sudga murojaat qilgan.
MIB Qashqadaryo viloyati boshqarmasining ma'lum qilishicha, uning Kitob tumani bo‘limi sudning tegishli qarori bilan farzandlari voyaga yetguncha bo‘lgan moddiy ta'minotidan bo‘yin tovlagan otaga qarshi ish yuritgan.
Qarzdor ota joriy yilning 17 mart kuni sobiq turmush o‘rtog‘i M.J. bilan o‘zaro kelishgan holda, o‘zi yashab turgan xonadonni voyaga yetmagan farzandlari uchun uning nomiga o‘tkazib bergan.
Samarqandda alimentdan qarz bo‘lgan ota 67 million so‘m qarzini to‘ladi va farzandlariga uyini berdi
Mavzuga oid
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
19:37 / 23.04.2025
Qashqadaryoda 14 yoshli o‘smir boshqaruvidagi Gentra YTHga uchradi. Qurbonlar bor
16:04 / 26.03.2025
Shahrisabz aeroporti faoliyatini tikladi
23:40 / 14.03.2025