O‘zbekiston | 14:21 / 29.03.2021
6698
2 daqiqa o‘qiladi

Qonliko‘lda mansabdorlar 653 mln so‘m budjet pulini talon-toroj qildi

Foto: KUN.UZ

Qonliko‘l tumanida budjet mablag‘larini talon-toroj qilgan MChJ rahbari va boshqalarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Departamentning Qonliko‘l tumani bo‘limi o‘tkazgan tergovga qadar tekshiruvda tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi va «A.O.» MChJ mansabdor shaxslari hududdagi «Suyenli» kanaliga nasos agregati o‘rnatish va elektr tarmog‘ini ta'mirlash davomida har biri 217,7 mln so‘mlik 3 dona «SNPE-500/10» rusumli nasos agregatlari o‘rnatmagan. Shunday bo‘lsa-da, hujjatlarga soxta ma'lumotlar kiritish orqali jami 653,1 mln so‘m budjet mablag‘larini o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan. 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid