Jamiyat | 14:11 / 30.03.2021
4249
2 daqiqa o‘qiladi

Xorazmda qimorxona tashkil qilgan fuqaroga sud hukmi o‘qildi

Shovot tumani jinoyat sudida o‘z uyida qimorxona tashkil qilgan shaxsga nisbatan ochilgan jinoyat ishi bo‘yicha ayblov hukmi e'lon qilindi.

Shovot tumani jinoyat sudida o‘z uyida qimorxona tashkil qilgan shaxsga nisbatan ochilgan jinoyat ishi bo‘yicha ayblov hukmi e'lon qilindi.

Sud qarorida qayd etilishicha, J.X. 2020 yil 25 avgust kuni Shovot tumanidagi uyida bir necha tanishlariga pul va boshqa moddiy qimmatliklar tikib o‘ynaladigan karta o‘yini uchun sharoit yaratib bergan va qimor va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinni o‘tkazgan.
 
Shu kuni tunda Xorazm viloyati IIB JQB va DXX Xorazm viloyati boshqarmasi tomonidan fuqaro J.X.ning uyida xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirish o‘tkazilganida, qimor o‘ynashda foydalanilgan 1400 AQSh dollari va 28,1 mln so‘m pul, shuningdek, kartalar daliliy ashyo tariqasida olingan.

Sud J.X. shaxsini, oilaviy ahvolini, aybiga to‘liq iqrorligini, qilmishidan pushaymonligini, 4 nafar farzandi borligini, muqaddam sudlanmaganini jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasini jiddiy kamaytiruvchi holatlar deb hisoblab, uni jamiyatdan ajratmagan holda axloqan tuzatishning imkoni bor, degan xulosaga kelgan. Shu tufayli, J.X.ga nisbatan JKning 57-moddasini qo‘llab, 44,6 mln so‘m miqdorida jarima jazosi tayinlashni lozim topgan.

Mavzuga oid