O‘zbekiston | 10:12 / 05.04.2021
19809
2 daqiqa o‘qiladi
Koronavirus: Shifoxonalarda davolanayotgan bemorlar soni 1400dan oshdi
Sog‘liqni saqlash vazirligi 4 aprel kuni O‘zbekistonda yana 179 kishida koronavirus qayd etilgani to‘g‘risida xabar berdi.
«2021 yil 4 aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 83802 (+179) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.
Toshkent shahri, Toshkent viloyati va Samarqand viloyatida kunlik kasallanish darajasi yuqoriligicha qolmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 2 nafari Andijon viloyatida,
- 6 nafari Buxoro viloyatida,
- 2 nafari Jizzax viloyatida,
- 3 nafari Qashqadaryo viloyatida,
- 2 nafari Namangan viloyatida,
- 11 nafari Samarqand viloyatida,
- 3 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 1 nafari Surxondaryo viloyatida,
- 2 nafari Farg‘ona viloyatida,
- 2 nafari Xorazm viloyatida,
- 14 nafari Toshkent viloyatida,
- 131 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
- Jizzax viloyatida 1 nafar,
- Qashqadaryo viloyatida 10 nafar,
- Namangan viloyatida 4 nafar,
- Toshkent viloyatida 15 nafar,
- Toshkent shahrida 104 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 81763 (+134) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 98 foizni tashkil qilmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 1408 nafar bemor davolanmoqda, shundan 209 nafari og‘ir, 94 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Mavzuga oid
11:40 / 13.12.2022
O‘zbekistonda kunlik koronavirus statistikasi sezilarli pasaydi
10:54 / 07.12.2022
Toshkent shahrida bir kunda 100 dan ortiq kishida koronavirus aniqlandi
10:10 / 04.12.2022
Koronavirus: O‘zbekistonda kunlik holatlar soni fevraldagi darajaga qaytdi
11:15 / 02.12.2022