O‘zbekiston | 10:54 / 07.12.2022
5755
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent shahrida bir kunda 100 dan ortiq kishida koronavirus aniqlandi

O‘zbekistonda so‘nggi bir kunda 157 kishida koronavirus aniqlandi. Bu bir kun avvalgiga qaraganda 37 taga ko‘p.

Foto: Kun.uz

O‘zbekistonda koronavirusga chalinish bilan bog‘liq kunlik ko‘rsatkichlar soni yana ortdi. Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkent shahrining o‘zida kasallanganlar 100 nafardan oshgani haqida xabar berdi.

«2022 yil 6 dekabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 157 nafarni tashkil etmoqda», deyiladi xabarda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 1 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 1 nafari Andijon viloyatida,
  • 1 nafari Buxoro viloyatida,
  • 2 nafari Jizzax viloyatida,
  • 1 nafari Navoiy viloyatida,
  • 7 nafari Namangan viloyatida,
  • 7 nafari Samarqand viloyatida,
  • 1 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 3 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 6 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 1 nafari Xorazm viloyatida,
  • 20 nafari Toshkent viloyatida,
  • 106 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgani sababli namuna olingan fuqarolar orasida qayd etildi.

5 dekabr kuni 120 kishiga koronavirusdan kasallanish tashxisi qo‘yilgandi. 4 dekabrda 153 kishida, 3 dekabrda esa 162 kishida koronavirus aniqlangan.

Mavzuga oid