Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namangan va O‘sh turizmni rivojlantirishda hamkorlik qiladi
Qirg‘iz Respublikasining O‘sh viloyatini rivojlantirish jamg‘armasi direktori, Turizmni rivojlantirish kengashi raisi o‘rinbosari Abdulqodir Aliyev boshchiligidagi delegatsiya amaliy tashrif bilan Namangan viloyatida bo‘ldi.
O‘sh viloyati delegatsiyasidan joy olgan “GIZ” loyihasi koordinatori, “Osh Travel”, “Pamir-Alay”, “Destination Osh”, “EcoDom”, “Sanrays”, “Muzbulak Travel” kabi yirik turistik kompaniyalar rahbarlari tashrif doirasida viloyatda turizm sohasida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlik sub'yektlari vakillari bilan “B2B” shaklida muzokaralar o‘tkazishdi.
Buning natijasida Namangan viloyati turizmni rivojlantirish hududiy boshqarmasi hamda O‘sh viloyatining turizmni rivojlantirish kengashi o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi. Bundan tashqari, ikki viloyat turizm biznesi vakillari 20dan ortiq o‘zaro shartnomaga imzo chekdi. Mazkur kelishuvlarda ikki viloyat o‘rtasida sayyohlarni hududlararo jalb etish bo‘yicha loyihalar amalga oshiriladi.

Qirg‘izistonlik delegatsiya a'zolari tashrif munosabati bilan tashkil etilgan info-tur davomida bir qator e'tiborga molik turistik maskanlarni ziyorat qilishdi. Jumladan, Namangan shahridagi “ANAMED” diagnostika markazi, Yangi O‘zbekiston — yoshlar ziyo maskani axborot-kutubxonasi, “Afsonalar vodiysi” tematik parki, Chortoq tumanidagi Sulton Uvays Qaraniy ziyoratgohi mehmonlar e'tiborini tortdi.


Mavzuga oid
07:50 / 24.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
16:53 / 23.05.2025
Qirg‘iziston prezidenti noqonuniy migrantlarga 10 iyungacha muhlat berdi
20:42 / 20.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
20:07 / 20.05.2025