O‘zbekiston | 15:31 / 29.04.2021
11150
2 daqiqa o‘qiladi

Uzbekistan Airways rahbari mahalliy reyslarda chipta narxlari pasayishi haqida gapirdi

Hozirgacha ichki reyslarda chipta narxini 7-10 foizga tushirdik, 1 maygacha yana 17 foizga arzonlashtiramiz, dedi Ilhom Mahkamov.

Transport vaziri, «Uzbekistan Airways» AJ boshqaruv raisi Ilhom Mahkamov 28 aprel kungi matbuot anjumanida chipta narxlari arzonlashishi haqida ma'lum qildi.

«1 maydan boshlab xarajatlarni keskin qisqartirayotganimiz hisobiga O‘zbekiston Respublikasining ichki parvozlariga chiptalar narxini yana 17 foizga tushirish imkoniyatiga egamiz.

1 maydan yangi narxlar bo‘ladi. Bugungi kungacha qaraydigan bo‘lsak, o‘rtacha narxni 7 foizdan 10 foizgacha tushirdik va [1 maydan] yana narxlar 17 foizga tushiriladi», – dedi Ilhom Mahkamov.

«Oldin biz yuqori darajadagi kompaniya bo‘lgan bo‘lsak, hamma ko‘rsatiladigan xizmatlarni kerakmi-kerakmasmi bitta biletning narxiga tiqib ko‘rsatardik. Lekin qisqa muddatli uchib ketayotgan aholi bor. Mana, bagajsiz va qaytarib berilmaydigan elementar tarif turlari. Bu majburiymas, biz buni opsiyaga kiritdik. 1 apreldan bagajsiz va qaytarib berilmaydigan tarif turlarini kiritdik. Shu orqali bilet narxini 20 foizgacha qisqartirish imkoniyatiga ega bo‘ldik.

Xohlasa, hamma xizmat turlari bilan sotib oladi, xohlasa, bagajsiz va qaytarib berilmaydigan tarif turlarini. O‘zi bilan faqat qo‘l yuki olmoqchi bo‘lsa, ketishi aniq bo‘lsa, marhamat, 20 foizga arzonroqqa chipta oladi. Aytmoqchimanki, biz gibrid strategiyani tanladik», – dedi Uzbekistan Airways rahbari.

Mavzuga oid