Koronavirus: O‘zbekistonda 2021 yilgi antirekord yana yangilandi
Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirus bo‘yicha antirekordlar yangilanayotgani, kunlik kasallik qayd etilishi 402 nafarga yetgani, shifoxonalarda davolanayotganlar 3000 nafardan oshgani va 2 nafar bemor vafot etgani haqida xabar berdi.
«2021 yil 29 aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 90808 (+402) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi xabarda.
O‘tgan yil kuzidan buyon kunlik kasallanish ko‘rsatkichlari 400dan oshmagan, bir vaqtning o‘zida shifoxonalarda davonalayotgan bemorlar soni 3 mingdan oshishi o‘tgan yil yozidan buyon kuzatilmagandi. 2021 yildagi rekord ko‘rsatkich 23 aprel kuni qayd etilgan, o‘sha kuni 399 kishida virus aniqlangandi.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 3 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
- 5 nafari Andijon viloyatida,
- 3 nafari Buxoro viloyatida,
- 8 nafari Jizzax viloyatida,
- 6 nafari Qashqadaryo viloyatida,
- 4 nafari Navoiy viloyatida,
- 4 nafari Namangan viloyatida,
- 69 nafari Samarqand viloyatida,
- 6 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 6 nafari Surxondaryo viloyatida,
- 9 nafari Farg‘ona viloyatida,
- 6 nafari Xorazm viloyatida,
- 64 nafari Toshkent viloyatida,
- 209 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
- Andijon viloyatida 18 nafar,
- Qashqadaryo viloyatida 3 nafar,
- Navoiy viloyatida 6 nafar,
- Namangan viloyatida 6 nafar,
- Samarqand viloyatida 22 nafar,
- Farg‘ona viloyatida 3 nafar,
- Xorazm viloyatida 1 nafar,
- Toshkent viloyatida 42 nafar,
- Toshkent shahrida 192 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 87067 (+293) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil qilmoqda.
Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 649 nafarni tashkil qildi.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3092 nafar bemor davolanmoqda.
Mavzuga oid
11:40 / 13.12.2022
O‘zbekistonda kunlik koronavirus statistikasi sezilarli pasaydi
10:54 / 07.12.2022
Toshkent shahrida bir kunda 100 dan ortiq kishida koronavirus aniqlandi
10:10 / 04.12.2022
Koronavirus: O‘zbekistonda kunlik holatlar soni fevraldagi darajaga qaytdi
11:15 / 02.12.2022