O‘zbekiston | 07:09 / 30.04.2021
2234
2 daqiqa o‘qiladi

Oqoltin tumanida haydovchilik guvohnomasini olib bermoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi

Oqoltin tumani o‘quv-sport texnika klubi xodimi noqonuniy ravishda haydovchilik guvohnomasini olib berish evaziga pora olgan vaqtida ushlandi. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma'lum qildi.

Departament hamda DXXning Oqoltin tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Oqoltin tumani o‘quv-sport texnika klubi xodimi B.D. fuqaro X.ga o‘quv mashg‘ulotlarida qatnashmagan bo‘lsada, tanishlari orqali ushbu o‘quv markazidan «V» toifali haydovchilik guvohnomasini olib berish evaziga 350 dollarni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

«Mazkur holat yuzasidan B.D.ga nisbatan JKning 168-moddasi (firibgarlik) va 28,211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda», deyiladi Departament xabarida.

Avvalroq, ko‘p qavatli arzonlashtirilgan uy-joylardan xonadon oluvchilar ro‘yxatiga kiritib qo‘yish evaziga pora  olgan hokimi o‘rinbosari va «Chorvanasl» mutaxassisi ushlangan edi.

Mavzuga oid