O‘zbekiston | 08:59 / 03.05.2021
2189
2 daqiqa o‘qiladi

Toshloqda 100 million so‘mlik bosh kiyimning hujjatlari yo‘qligi aniqlandi

Foto: Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi

Farg‘ona viloyati Bojxona boshqarmasi axborot xizmatining Kun.uz'ga xabar berishicha, viloyat bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan Toshloq tumanida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Ma'lum qilinishicha, Farg‘ona viloyatining “Quva-Marg‘ilon” yo‘nalishida harakatlanayotgan fuqaro T.D. boshqaruvidagi “Mercedes Benz Vito” rusumli avtomashina kuzatuvga olinib, Toshloq tumani hududida to‘xtatilib ko‘zdan kechirilgan. Natijada mazkur avtotransport vositasining yukxonasida xorijda ishlab chiqarilgan hamda bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan dastlabki qiymati 100 million so‘mlik 2 turdagi, jami 5000 dona bosh kiyim(kepka)lar borligi aniqlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan, tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotganligi bildirilgan. 

Avvalroq, Farg‘ona viloyat bojxonasi xodimlari tomonidan Toshloqda 30 million so‘mlik maishiy texnikalar to‘xtatib qolinganligi haqida xabar berilgandi.

Mavzuga oid