Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoda yana bir yangi masjid ro‘yxatdan o‘tkazildi

Foto: KUN.UZ
O‘zbekistonda masjidlar soni yana bittaga ko‘paydi. Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumani Chinor mahallasida qurilgan yangi masjid ro‘yxatdan o‘tkazildi. Bu haqda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Surxondaryo viloyati Adliya boshqarmasi tomonidan Oltinsoy tumani Chinor mahallasida qurilgan yangi «Chinor» jome masjidi ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Bu haqdagi guvohnoma diniy tashkilotga topshirilgan.
Ma'lumot uchun, O‘zbekistondagi masjidlar soni bittaga ko‘payib, 2090ta bo‘ldi. Surxondaryo viloyatidagi masjidlar soni esa 122taga yetgan.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 3 may kuni Surxondaryo viloyati Uzun tumanida ham yangi «Domullo Mahmud» jome masjidi ro‘yxatdan o‘tkazilgan va shu haqdagi guvohnoma diniy tashkilotga topshirilgan edi.
Mavzuga oid

15:28 / 19.05.2025
Surxondaryoda 11 nafar o‘qituvchi 2 ming dollardan ko‘p maosh olayotgani aytildi. Prezident buni Britaniya bilan taqqosladi

11:03 / 02.05.2025
Surxondaryoda YPX xodimiga kuch ishlatgan 3 kishi ushlandi

15:42 / 05.04.2025
“Derazani ochishim bilan tahoratxona portlab ketdi”: Izboskandagi masjiddan reportaj

21:44 / 04.04.2025