Jahon | 17:51 / 17.05.2021
9694
2 daqiqa o‘qiladi

Isroil BMTni tashkilotning G‘azodagi ikkita maktabiga zarba berishi to‘g‘risida ogohlantirdi

Sohilbo‘yi anklavi hukumati «xalqaro tashkilotlarni bu maktablarni himoya qilish va Isroilning bu rejasini amalga oshirishiga yo‘l qo‘ymaslik»ka chaqirmoqda.

Foto: AFP

Isroil harbiylari BMTni tashkilotning G‘azo sektoridagi ikkita maktabiga raketa zarbalari berishi to‘g‘risida xabardor qildi. Bu haqda Dunia Al Watan radiosi xabar bermoqda.

Aniqlik kiritilishicha, zarbalar «Al-Buroq» va «Al-Aqso» maktablariga beriladi. G‘azo sektori hukumati matbuot xizmatining bildirishicha, «maktablar xodimlari ogohlantirilgan va evakuatsiya qilingan».

Sohilbo‘yi anklavi hukumati «xalqaro tashkilotlarni bu maktablarni himoya qilish va Isroilning bu rejasini amalga oshirishiga yo‘l qo‘ymaslik»ka chaqirmoqda.

Avvalroq BMTning Yaqin Sharqdagi agentligi Isroilning raketa zarbalari oqibatida tashkilotning G‘azo sektoridagi ikkita ta'lim maktabiga jiddiy zarar yetganini ma'lum qilgandi. 

10 maydan buyon G‘azo sektori va Isroil bir-biriga raketa zarbalari bermoqda. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Isroil tomonidan 10 kishi, Falastin tomonidan 220dan ortiq kishi halok bo‘lgan.

Mavzuga oid