Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sog‘liqni saqlash tizimida yangi lavozimlar joriy etiladi
Viloyat tibbiyot boshqarmalarida raqamlashtirish va DXShni rivojlantirish bo‘yicha o‘rinbosar lavozimi tashkil etiladi. Barcha tibbiyot muassasalarida elektron tizim bilan ishlaydigan operator-hamshira vazifasi joriy etiladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 18 may kuni sog‘liqni saqlash sohasidagi islohotlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.
Ma'lum qilinishicha, O‘zbekistonda 3 mingdan ortiq tibbiyot muassasasi bor. Ayni paytda 423 ta birlamchi tibbiyot muassasasi «Elektron poliklinika» axborot tizimiga ulangan.

Lekin yangicha ishlash uchun hamma joyda ham sharoit zo‘r emas. Ayrim tibbiyot muassasalarida kompyuter yetishmaydi. Sohani raqamlashtirish uchun bu yil budjetdan 28 milliard so‘m ajratilgan bo‘lsa-da, bu boradagi ishlar sust kechmoqda.
Shu bois, viloyat tibbiyot boshqarmalarida raqamlashtirish va davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish bo‘yicha o‘rinbosar lavozimi tashkil etilishi belgilandi. Shuningdek, barcha tibbiyot muassasalarida elektron tizim bilan ishlaydigan 2 mingta operator-hamshira vazifasi joriy etiladi.
Shu yil 1 avgustga qadar elektron order tizimini ishga tushirib, barcha hududlar va ixtisoslashgan markazlarni ulash, 1 noyabrga qadar Toshkent shahridagi barcha poliklinikalarni to‘liq raqamlashtirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Mavzuga oid
11:20 / 25.02.2025
Shavkat Mirziyoyev, Sadir Japarov va Imomali Rahmonning birinchi uch tomonlama sammiti mart oxirida bo‘lib o‘tadi
20:25 / 24.02.2025
Bojxona postlarida yengil avtomobil va avtobuslar uchun qizil va yashil yo‘laklar joriy qilinishi mumkin
20:26 / 21.02.2025
Dronlar, SI kibertuzilmalari, robotlashgan texnikalar - mudofaani mustahkamlashning yangi strategiyalari
13:00 / 09.11.2023