Jamiyat | 10:42 / 22.05.2021
15066
2 daqiqa o‘qiladi
Koronavirus: yana ikki bemor vafot etdi, kunlik o‘sish 300dan ortiq
Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda pandemiya boshidan buyon koronavirusga chalinish holatlari soni 98 mingdan oshgani haqida xabar berdi.
«2021 yil 21 may holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 98164 (+308) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi xabarda.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 6 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
- 5 nafari Andijon viloyatida,
- 2 nafari Buxoro viloyatida,
- 4 nafari Jizzax viloyatida,
- 3 nafari Qashqadaryo viloyatida,
- 3 nafari Navoiy viloyatida,
- 6 nafari Namangan viloyatida,
- 38 nafari Samarqand viloyatida,
- 5 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 1 nafari Surxondaryo viloyatida,
- 11 nafari Farg‘ona viloyatida,
- 3 nafari Xorazm viloyatida,
- 49 nafari Toshkent viloyatida,
- 172 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
- Andijon viloyatida 35 nafar,
- Buxoro viloyatida 4 nafar,
- Jizzax viloyatida 6 nafar,
- Qashqadaryo viloyatida 3 nafar,
- Navoiy viloyatida 4 nafar,
- Namangan viloyatida 2 nafar,
- Samarqand viloyatida 20 nafar,
- Surxondaryo viloyatida 2 nafar,
- Farg‘ona viloyatida 8 nafar,
- Xorazm viloyatida 9 nafar,
- Toshkent viloyatida 42 nafar,
- Toshkent shahrida 159 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 93633 (+294) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 680 nafarni tashkil qildi.
Ma'lumot uchun, O‘zbekistonda 16 maydan buyon koronavirus asoratlari oqibatida vafot etayotganlar soni kuniga ikki kishini tashkil etmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3851 nafar bemor davolanmoqda.
Mavzuga oid
11:40 / 13.12.2022
O‘zbekistonda kunlik koronavirus statistikasi sezilarli pasaydi
10:54 / 07.12.2022
Toshkent shahrida bir kunda 100 dan ortiq kishida koronavirus aniqlandi
10:10 / 04.12.2022
Koronavirus: O‘zbekistonda kunlik holatlar soni fevraldagi darajaga qaytdi
11:15 / 02.12.2022