Qoraqalpog‘istondagi tug‘ruqxonalarga 300 ta 1 mln dollarlik tibbiyot uskunalari topshirildi
Nukus shahar tibbiyot birlashmasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi SSVga «Eng yordamga muhtoj onalar va yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga perinatal yordam xizmatining sifatini oshirish» qo‘shma loyihasi doirasida qiymati 1 mln AQSh dollarlik tibbiyot uskunalarini topshirish marosimi bo‘ldi.
Tadbirda Vazirlar Kengashi Raisining o‘rinbosari Rasul Zarikeyev, YuNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamedzade, Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Piter Burian, Qoraqalpog‘iston Sog‘liqni saqlash vaziri Murat Qurbanov Orolbo‘yi hududida onalar va yangi tug‘ilgan chaqaloqlar salomatligini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlarga to‘xtaldi.
Ta'kidlanishicha, loyiha boshlanganidan beri Qoraqalpog‘istondagi barcha onalar va yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning 21 foizi Qo‘ng‘irot va Beruniy tumanlari hamda Nukus shahridagi perinatal markazlarda davolangan. 3 ta tibbiyot muassasasida ham erta neonatal o‘lim ko‘rsatkichi sezilarli darajada pasayib, o‘rtacha 22 foizga kamaygan.
Loyiha doirasida 600 nafardan ortiq sog‘liqni saqlash xodimi onalar va yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni omon qolishiga yordam berish amaliyoti bo‘yicha o‘quv kurslarida o‘qigan.
– «Endi hudud aholisining 50 foizidan ko‘prog‘i ushbu tug‘ruqxonalarda ixtisoslashgan perinatal yordamdan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi», – dedi YuNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamedzade. – «Umid qilamizki, ushbu tajriba qo‘llab-quvvatlanib, bu boshqa tumanlardagi tibbiyot muassasalarida ham tatbiq etiladi».
Tadbirda Qoraqalpog‘istonga yangi tug‘ilgan chaqaloqlar intensiv terapiyasi bo‘limlari va operatsiya xonalari uchun 300 ta tibbiyot uskunasi topshirildi.
Ma'lumot uchun, 2019 yil avgust oyidan buyon Orolbo‘yi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘p tomonlama sheriklik trast jamg‘armasi tomonidan ajratilgan 1,6 million AQSh dollar moliyalashtirilgan. O‘zbekiston, Norvegiya, Finlyandiya, Koreya Respublikasi hukumatlari va Yevropa Ittifoqi tomonidan qo‘llab-quvvatlangan.
Mavzuga oid
08:24 / 28.10.2024
Qoraqalpog‘istonda uch kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi
20:47 / 26.07.2023
Nukus shahri hokimi o‘zgardi
11:25 / 30.01.2023
Nukusdagi portlash oqibatida halok bo‘lganlar soni ortdi
07:34 / 30.01.2023