Misrda «qora mog‘or» bilan kasallanish holatlari qayd etildi

Foto: AP
Hindistondan keyin Misrda ham «qora mog‘or» – mukormikoz kasalligiga chalinish bo‘yicha 7ta holat qayd etildi. Bu haqda mamlakat shimolida joylashgan Zakazik universiteti rektori Usmon Sha'lyon ma'lum qildi.
Hozirda zamburug‘li kasallikka chalingan bemorlar aynan shu universitet shifoxonasida davolanishmoqda.
Sha'lyonning ta'kidlashicha, «qora mog‘or»ga chalinish holatlari Sharqiya viloyatida kasalliklar, jumladan, koronavirusga chalinish oqibatida immuniteti kuchsizlangan odamlarda qayd qilingan. «3 nafar bemorda mog‘or bilan kasallangan tana a'zolarini olib tashlash bo‘yicha jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi. Bir bemor o‘ta og‘ir ahvolda, qolganlarning holati barqaror», deb ma'lum qilgan universitet rektori.
«Qora mog‘or» sporalari tuproq, chang va organik chirish mahsulotlarida saqlanadi. Ushbu zamburug‘ odam organizmiga aksariyat holatlarda o‘pkani sun'iy shamollatish qurilmalari orqali tushadi. Mutaxassislarning ta'kidlashicha, mukormikoz boshqa zamburug‘lar kabi uzoq vaqt davomida gormonlar bilan davolangan va kislorod ta'minotiga ulangan COVID-bemorlarda aniqlanmoqda. Kasallik, shuningdek, katta dozada steroidlar olgan diabetiklarda ham uchramoqda. Ushbu infeksiya ko‘z, o‘pka va burun-halqumni shikastlaydi.
Ayni vaqtda Hindistonda ushbu kasallikka chalinganlar soni 11 mingdan oshib ketdi.
Mavzuga oid

14:53 / 31.03.2025
Misr O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini kengaytiradi

18:08 / 27.03.2025
Misrda ichida sayyohlar bo‘lgan batiskaf cho‘kib ketdi. Olti kishi halok bo‘ldi

01:57 / 20.03.2025
Misrda 3600 yil avval hukmronlik qilgan sirli fir’avnning qabri topildi

00:41 / 14.03.2025