O‘zbekiston | 07:52 / 10.06.2021
22902
2 daqiqa o‘qiladi

Qoraqalpog‘istonda 3 kishi tuproq bosib qolishi oqibatida vafot etdi

2021 yil 9 iyun kuni soat 05:30larda Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qo‘ng‘irot tumanida suv quvuri qaziyotgan 4 kishini tuproq bosib qoldi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston prokuraturasi xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, fuqaro S.U. (1990 yilda tug‘ilgan), voyaga yetmaganlar - S.K. (2006 yilda tug‘ilgan), S.M. (2007 yilda tug‘ilgan) va D.M. (2004 yilda tug‘ilgan) Qo‘ng‘irot tumani, “Suo‘yenli” OFY hududining cho‘l qumlik qismida, yer ostida bo‘lgan suv quvurini qazib olayotgan bo‘lgan.

Qayd etilishicha, shu vaqtda tuproq o‘pirilib bosib qolishi natijasida, fuqaro S.U., S.K. va S.M. voqea joyida vafot etgan, voyaga yetmagan D.M. esa tuproq ostidan chiqarib olinib, Qo‘ng‘irot tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Qo‘ng‘irot tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

Natijasi bo‘yicha qo‘shimcha ma'lumot berilishi aytilgan.

Mavzuga oid