Xorazmda suv ta'minoti idorasining ikki ishchisi halok bo‘ldi
Xorazmda oqova suv haydash stansiyasining ikki ishchisi quduqda taxminan toksik gazdan (serovodorod) zaharlanib, voqea joyida hayotdan ko‘z yumdi.
Xorazm viloyatining Urganch tumanida suv ta'minoti idorasining ikki xodimi ish vaqtida halok bo‘ldi. Bu haqda «Xorazm suv ta'minoti» MChJ matbuot xizmati xabar berdi.
Ma'lum bo‘lishicha, 26 iyun kuni soat 20:00larda Urganch tumani «Oltin ko‘l» MFY hududida joylashgan 1-sonli oqova suv haydash stansiyasida 2 nafar ishchi oqova suvlarni haydash stansiyasidagi nasosni tozalash maqsadida quduqqa tushgan.
«Xorazm suv ta'minoti» MChJ Urganch tuman bo‘limiga qarashli mazkur stansiyada texnik xavfsizlik va shaxsiy himoya qoidalariga rioya qilmagani oqibatida, birlamchi taxminlarga ko‘ra, ikkalasi ham toksik gaz (serovodorod)dan zaharlangan va voqea joyida vafot etgan.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
12:07 / 09.11.2024
Xorazmda mevaga kira boshlagan intensiv bog‘ buzib tashlandi
10:50 / 28.10.2024
Xorazmda ayrim loyihalar uchun Polsha texnologiya va investitsiyalari jalb qilinadi
16:26 / 16.10.2024
Xorazmda yana reyderlik. Sholikorlar hosilini tortib olish ommaviy tus olganmi?
18:40 / 18.09.2024