Termiz shahrida transformator yonib ketdi

Termiz shahridagi transformatorlarning birida yong‘in sodir bo‘lgan. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, bugun, 28 iyun kuni soat 12:03da Termiz shahar «Tuproqqo‘rg‘on» MFY, Denov ko‘chasida joylashgan elektr podstansiya hududidagi transformatorlarning birida yong‘in sodir bo‘lgan.
Olingan xabar bo‘yicha soat 12:08da voqea joyiga Termiz shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limining 2ta yong‘in-qutqaruv bo‘linmasi yetib borgan. Yong‘in soat 12:10da o‘rab olinib, 12:18da to‘liq o‘chirilgan.
Qayd etilishicha, mazkur hodisada hech kim jabrlanmagan va halok bo‘lmagan. Hozirda yong‘in sabablari va u keltirilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.
Mavzuga oid

16:42
Toshkentdagi omborxonada yuz bergan katta yong‘in o‘chirildi

19:05 / 12.05.2025
Buxoro shahrida 3 ta mashina yonib ketdi

10:46 / 12.05.2025
Tusk: Varshava savdo markazidagi yong‘in - Rossiya maxsus xizmatlari buyurtmasi natijasi

19:32 / 11.05.2025