O‘zbekiston | 10:07 / 02.07.2021
23413
2 daqiqa o‘qiladi

Koronavirus: Kunlik holatlar yuqoriligicha qolmoqda, yana ikki bemor vafot etdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi so‘nggi bir kunda O‘zbekistonda qariyb 500 kishida kasallik qayd etilib, 2 bemor vafot etgani haqida xabar berdi.

«2021 yil 1 iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 111648 (+495) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi xabarda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 47 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 34 nafari Andijon viloyatida,
  • 31 nafari Buxoro viloyatida,
  • 31 nafari Jizzax viloyatida,
  • 15 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 5 nafari Navoiy viloyatida,
  • 39 nafari Namangan viloyatida,
  • 52 nafari Samarqand viloyatida,
  • 20 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 32 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 39 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 5 nafari Xorazm viloyatida,
  • 46 nafari Toshkent viloyatida,
  • 99 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Buxoro viloyatida 8 nafar,
  • Jizzax viloyatida 18 nafar,
  • Qashqadaryo viloyatida 16 nafar,
  • Navoiy viloyatida 10 nafar,
  • Namangan viloyatida 25 nafar,
  • Samarqand viloyatida 72 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 12 nafar,
  • Xorazm viloyatida 5 nafar,
  • Toshkent viloyatida 67 nafar,
  • Toshkent shahrida 80 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 108009 (+313) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 742 nafarni tashkil qildi.

Mavzuga oid