Afg‘onistondagi keskin vaziyat sababli Rossiya Mozori Sharifdagi bosh konsulxonasini yopdi
Zamir Kabulovning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya va Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti Tojikistonga Afg‘oniston bilan chegaradagi xavfsizlikni ta'minlashga yordam berishda davom etadi.
Afg‘oniston shimolida vaziyat keskinlashgani sababli Rossiyaning Mozori Sharifdagi bosh konsulxonasi faoliyatini vaqtincha to‘xtatdi. Bu haqda Rossiya prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zamir Kabulov ma'lum qildi.
«Vaziyat notinch, afg‘on harbiylari juda ko‘p tumanlarni boy berdi. Bu xavotir uyg‘otmoqda. Shu sababli Mozori Sharifdagi ko‘plab konsulxonalar o‘z faoliyatini vaqtincha to‘xtatdi», – dedi u.
Kabulovning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya va Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti Tojikistonga Afg‘oniston bilan chegaradagi xavfsizlikni ta'minlashga yordam berishda davom etadi.
«Yordam rejali asosda ko‘rsatilmoqda va shu rejimda davom etadi», – dedi u.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, 5 iyul kuni toliblar bilan bo‘lgan janglardan so‘ng Afg‘oniston hukumat kuchlarining mingdan ortiq askari Tojikiston hududiga chekinishga majbur bo‘lgan.
Mavzuga oid
17:22
Tramp Afg‘onistondan AQSh qo‘shinlarini olib chiqqanlarni jazolamoqchi – OAV
21:44 / 09.11.2024
Afg‘onistonda IIV, Mudofaa vazirligi va razvedka qurol-yarog‘ berish huquqidan mahrum etildi
18:05 / 06.11.2024
Afg‘onistonda ko‘knori yetishtirish hajmi yana oshmoqda - BMT
14:12 / 06.11.2024