O‘zbekiston | 10:55 / 14.07.2021
2705
2 daqiqa o‘qiladi

Surxondaryoda fermer xo‘jaligi yerini sotgan shaxsga jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Surxondaryo viloyati Denov tumanida fermer xo‘jaligi yer maydonini sotgan fuqaroga jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Denov tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro K.S. turmush o‘rtog‘i rahbarligidagi «A.» fermer xo‘jaligi balansida bo‘lgan yer maydonining 5 sotixini firibgarlik yo‘li bilan sotishni rejalashtirgani aniqlangan. U, fuqaro S.ni tanishlari orqali yer maydoni hujjatlarini rasmiylashtirib berishga ishontirib, uning 5 500 AQSh dollari va 16 million so‘m pulini qo‘lga kiritgan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan K.S.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Surxondaryoda tuman hokimligi zaxirasidagi yerni sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Surxondaryoda 50 sotix yerni 150 million so‘mga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Ғайрат Йўлдошев
Tayyorlagan Ғайрат Йўлдошев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid