Jahon | 17:16 / 20.07.2021
23983
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya tanklari Tojikiston-Afg‘oniston chegarasidagi poligonga yetib keldi

Avvalroq Afg‘oniston chegarasidan 20 km uzoqlikda joylashgan Harb-Maydon poligonida 5 avgustdan 10 avgustgacha Rossiya, O‘zbekiston va Tojikiston harbiylari ishtirokida o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilishi ma'lum qilingandi. 

Rossiya tankchilari 200 kilometr yo‘l bosib, Afg‘oniston bilan chegara yaqinidagi Tojikistonning Harb-Maydon poligoniga yetib keldi. Ular Rossiya, O‘zbekiston va Tojikistonning qo‘shma mashg‘ulotlarida ishtirok etadi, deb xabar berdi TASS.

Xabarda aytilishicha, poligonga 50 birlikka yaqin Rossiya harbiy texnikasi keltirilgan.

Avvalroq Rossiya mudofaa vazirligi Afg‘oniston chegarasidan 20 km uzoqlikda joylashgan Harb-Maydon poligonida 5 avgustdan 10 avgustgacha Rossiya, O‘zbekiston va Tojikiston harbiylari ishtirokida o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilishini ma'lum qilgandi.

Ayni vaqtda Afg‘onistonda xorijiy qo‘shinlar olib chiqilishi ortida “Tolibon” harakatining faollashuvi kuzatilmoqda. “Tolibon” rahbariyati Afg‘oniston hududidan Markaziy Osiyo davlatlari va Rossiyaga hujum qilish uchun foydalanishga yo‘l qo‘ymaslikka va'da berayotganiga qaramay, Afg‘onistondagi jangovar harakatlar qo‘shni davlatlar hududiga o‘tishi mumkinligi bilan xavf solmoqda.

Mavzuga oid