Camarqand xalqaro aeroportida noqonuniy olib o‘tilayotgan tilla buyumlar to‘xtatib qolindi
Camarqand xalqaro aeroportida bojxonachilar tomonidan noqonuniy olib o‘tilayotgan tilladan yasalgan zargarlik buyumlari to‘xtatib qolindi. Bu haqda viloyat bojxona boshqarmasi axborot xizmati Kun.uz’ga xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, «Domodedovo – Samarqand» yo‘nalishi bilan Moskvadan uchib kelgan yo‘lovchi N. D.ning xatti-harakatlari bojxona xodimlari e'tiborini tortgan. Uning qo‘l va bagaj sumkalari belgilangan tartibda tekshirilganda, bojxona nazoratidan yashirilgan va jismoniy shaxslar tomonidan bojsiz olib o‘tish me'yoridan ortiq bo‘lgan umumiy qiymati 46 million so‘mga teng bo‘lgan 123,3 gramm tilladan yasalgan zargarlik buyumlari borligi aniqlangan.
Shuningdek, yana bir holatda «Istanbul – Samarqand» yo‘nalishi bilan uchib kelgan yo‘lovchi A. D.ning qo‘l yuklari bojxona nazoratidan o‘tkazilganda, yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan va o‘ziga tegishli bo‘lmagan qiymati 20 million so‘mlik 48,96 gramm tilladan yasalgan zargarlik buyumlari borligi aniqlangan.
Qayd etilishicha, har ikkala holat bo‘yicha bojxonachilar tomonidan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, hozirda tergov harakatlari olib bortlmoqda.
Mavzuga oid
08:31
Aeroportga ishga joylashtirish evaziga 1,5 ming dollar olgan xodim ushlandi
16:28 / 01.11.2024
Zarafshon shahri aeroporti faoliyati tiklanishi mumkin
07:37 / 26.10.2024
Toshkent aeroporti yaqinidagi yangi yo‘l o‘tkazgich ishga tushirildi
00:08 / 20.10.2024