Talab yuqori bo‘lgan dorilarni noqonuniy muomalaga kiritmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
Toshkent tumanida pandemiya sharoitida talab yuqori bo‘lgan dori vositalarining noqonuniy muomalaga kiritilishi oldi olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent tuman bo‘limi hamda DBQning Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbir davomida, fuqaro S.S. pandemiya sharoitida talab yuqori bo‘lgan dori vositalarini dorixonalardan tashqarida muomalaga kiritish orqali daromad orttirishni ko‘zlab, tegishli hujjatlari bo‘lmagan 435 dona “Remdessa remdesivir 100mg” nomli hamda 500 dona “Kyupen” nomli dori vositalarini xaridorga 181 mln so‘mga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish) jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
09:10 / 15.11.2024
Toshkentda dorilar savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi
15:54 / 29.10.2024
Toshkent tumanidagi qariyb 43 ming xonadonda noma’lum muddatga gaz o‘chiriladi
13:34 / 17.10.2024
Toshkent tumanida it yosh bolani o‘ldirib qo‘yay dedi. Uning egasi 370 ming jarima bilan qutulib ketadi
12:30 / 10.10.2024