Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tursunoy Rahimova ham hakamlar qaroriga ko‘ra yutqazdi. Raqib esa uning qo‘lini ko‘tardi
Boks bo‘yicha -51 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan Tursunoy Rahimova ham Olimpiadadagi ishtirokini yakunladi.
O‘zbekistonlik sport muxlislari uchun Olimpiya o‘yinlari kashfiyotlaridan biri bo‘lgan Rahimova 1/8 finalda mazkur toifaning birinchi raqamli bokschisi turkiyalik Naz Chaqiro‘g‘liga qarshi ringga ko‘tarildi. Birinchi raund to‘liq Tursunoyning ustunligida o‘tdi va hakamlar 4:1 hisobida Rahimovaning g‘alabasini qayd etdi. Ikkinchi raundda esa ustunlik turkiyalik bokschi tomonida bo‘ldi - 2:3.


Uchinchi raundda ham Tursunoy faolroq bo‘ldi, ammo kutilmaganda hakamlarning uch nafari g‘alabani turkiyalik bokschiga berib yuborishdi - 2:3.

Turkiyalik bokschi esa hakamlar qarori e'lon qilinganidan keyin Rahimovaga hurmat izhor qilgan holda uning qo‘lini baland ko‘tardi.

1/16 finalda Tursunoy polshalik Sandra Drabikni yengib, o‘zbekistonlik ayol bokschilar orasida Olimpiada o‘yinida g‘alaba qozongan ilk sportchi bo‘lgandi.
Mavzuga oid
08:15 / 18.05.2025
O‘zbekistonlik bokschilar Polshadagi turnirda birinchi bo‘ldi
09:20 / 13.04.2025
Shahram G‘iyosov navbatdagi raqibini nokautga uchratdi (video)
10:12 / 06.04.2025
O‘zbekiston boks jamoasi jahon kubogida 5 ta oltin qo‘lga kiritdi
08:07 / 06.04.2025