Xorazmda bir kunda ikkita qotillik jinoyati sodir etildi
Xorazm viloyati IIB xabariga ko‘ra, 2 avgust kuni viloyat hududida qotillik bilan bog‘liq 2 ta jinoyat sodir etilgan.
Jumladan, Yangibozor tumanida yashovchi, 1995 yilda tug‘ilgan shaxs shu kuni tunda «Istiqlol» mahallasida yashagan, 1993 yilda tug‘ilgan erkak bilan janjallashib, sobiq turmush o‘rtog‘ini undan rashk qilib, yonidagi pichog‘ini ko‘krak qafasi va qorin qismiga 2 marta sanchib, qasddan o‘ldirgan.
Shuningdek, Urganch shahrida yashovchi, 1991 yilda tug‘ilgan shaxs o‘zi bilan birga yashovchi, 1973 yilda tug‘ilgan akasi bilan o‘zaro kelishmovchilik oqibatida janjallashib, pichoq bilan uning ko‘krak qafasi va qorin qismiga 1 marta sanchib, qasddan o‘ldirgan.
Har ikkala holat bo‘yicha gumondorlarga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.
Ushbu mudhish voqealar oldi olinishi mumkin bo‘lgan jinoyatlar toifasiga kirishi, biroq oldini olish choralari ko‘rilmagani, sodir qilinishiga yo‘l qo‘yilgani sababli, mahallalar «sariq» va «qizil» toifaga kiritilib, bu haqda mahallaga kirish joylarida yozib qo‘yilgan.
Mavzuga oid
21:47 / 15.11.2024
Qotil giyohvand bo‘lgan: 3 yoshli bolani o‘ldirgan erkak ustidan sud boshlandi
18:12 / 09.11.2024
Bir chuqurdagi ikki murda – Payariqdagi qotillik tafsiloti
19:18 / 02.11.2024
Archazordan topilgan odam boshi – Qo‘shtepadagi qotillik tafsiloti
19:02 / 31.10.2024