Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samsung vitse-prezidenti muddatidan avval ozodlikka chiqarildi
Samsung Electronics vitse-prezidenti va Samsung Group kompaniyalari guruhining norasmiy rahbari Li Je Yon 13 avgust kuni qamoqdan muddatidan avval shartli ravishda ozod etildi. U shu yil boshida korrupsiya ishi bo‘yicha 2,5 yilga ozodlikdan mahrum etilgandi.
Yonhap axborot agentligining xabar berishicha, Li Je Yon 15 avgustda nishonlanuvchi Koreya ozod qilinishi kuni munosabati bilan afv etilgan 810 mahkumdan biri bo‘ldi. U qamoqni tark etishi vaqtida jurnalistlar bilan suhbatda o‘z qilmishlari uchun yana bir bor uzr so‘ragan.
Samsung asoschisining nabirasi Li Je Yon 2017 yilda mablag‘larni talon-toroj qilish, pora berish va yolg‘on ko‘rsatma berishda ayblanib, 5 yilga ozodlikdan mahrum qilingan. 2018 yil fevralda Seul oliy sudi Li Je Yonning appelyatsiyasini ko‘rib chiqib, qamoq jazosini shartli jazoga o‘zgartirgan. Shundan keyin u ozodlikka chiqarilgan.
Biroq 2021 yil yanvarida sud Li Je Yonni Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti Pak Kin Xega pora berishda ayblab, 2,5 yilga ozodlikdan mahrum qilgan. O‘sha oyda Janubiy Koreya oliy sudi Pak Kin Xeni 20 yilga ozodlikdan mahrum qilish to‘g‘risida hukm chiqargan.
Mavzuga oid
19:00 / 28.03.2025
Samsung yangi Galaxy A56 5G, A36 5G va A26 5G smartfonlarini taqdim etdi
17:50 / 28.03.2025
The Korea Times: LG, Samsung va Hyundai Rossiyaga qaytish imkoniyatini o‘rganmoqda
20:08 / 25.03.2025
Hindiston Samsungʼdan 601 mln dollarlik soliq qarzini to‘lashni talab qildi
21:15 / 03.03.2025