O‘zbekiston | 10:30 / 13.08.2021
4010
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda 9 mln so‘mlik qurut o‘g‘irligi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Joriy yil 8 avgust kuni soat taxminan 06:30larda «Chorsu» avtoturargohida 42 yoshli G‘.R. 40 yoshli G‘.S.ga tegishli bo‘lgan yuk avtomobili ochiq qolganidan foydalangan.

Shayxontohur tumani IIO FMBdan kelib tushgan xabarga ko‘ra, G‘.R. avtomobil ichidan 9 000 000 so‘mlik ikki xalta qurut o‘g‘irlagan, deb yozmoqda poytaxt IIBB axborot xizmati.

Qayd etilishicha, mazkur fakt asosida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi («O‘g‘rilik») bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Ma'lum qilinishicha, ko‘rilgan choralar natijasida gumonlanuvchi qo‘lga olingan. Tergov davom etmoqda.

Mavzuga oid