Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘oniston mavzusida feyk va spekulyatsiyalarga yo‘l qo‘ymaslik kerak – Sherzod Asadov
Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov an'anaviy brifingda OAV vakillariga davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning o‘tgan haftadagi tadbirlari va joriy haftadagi rejalari bo‘yicha ma'lumot berdi.
O‘z nutqida Sherzod Asadov Afg‘oniston mavzusida axborot tarqatishga jiddiy yondashish zarurligiga to‘xtaldi.
“15 avgust kuni prezident Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi. Suhbatda Afg‘onistonda yuzaga kelayotgan vaziyat bo‘yicha ham fikr almashildi. Ikki mamlakat idoralari o‘rtasida mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni ta'minlashga qaratilgan yaqin aloqalar hamda hamkorlikni davom ettirish yuzasidan kelishuvga erishildi.
Shu o‘rinda, men hurmatli jurnalistlarimizga aytmoqchiman. Albatta, Afg‘onistondagi vaziyat hammaning diqqat-eʼtiborida, hamma uni yoritishga harakat qilyapti. Lekin, bu mavzuda spekulyatsiyaga yo‘l qo‘ymaslikka, ishonchsiz manbalardagi gaplarni tarqatmaslikka chaqiraman.
Mana, kecha Tashqi ishlar vazirligi bayonot berdi. Bundan keyin ham o‘z vaqtida axborot berib boriladi. Bizning pozitsiyamiz shundan iborat, materiallarimiz shunga muvofiq bo‘lishi kerak”, dedi prezident matbuot kotibi.
Mavzuga oid
18:12 / 03.05.2025
Jamiyatda jurnalist mehnati hurmat qilinadigan muhitni saqlab qolish muhim - Sherzod Asadov
16:11 / 17.04.2025
Bugun Farg‘ona vodiysi «porox bochkasi» emas – Prezident matbuot kotibi
15:55 / 25.02.2025
Sherzod Asadov Qozog‘istonning yetakchi OAV holdingi asoschisi bilan uchrashuv o‘tkazdi
17:36 / 07.02.2025