O‘zbekiston | 10:48 / 19.08.2021
102625
1 daqiqa o‘qiladi

Elbek Rahimovning o‘ldirilishi: qotillik tashkilotchisi yashiringan joyidan ushlangan

Qarshi shahrida sport murabbiyi Elbek Rahimovning qotilligi yuzasidan matbuot anjumani tashkil etilmoqda. Unda Oliy sud raisi Kozim Komilov, bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev va ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov qatnashmoqda.

Foto: KUN.UZ

Barcha so‘zga chiqqanlar jinoyat bo‘yicha qo‘shimcha ma'lumotlar berishdi. Ichki ishlar vazirining aytishicha, jinoyatning tashkilotchisi hisoblangan Zuhriddin Boymirzayev 18 avgust kuni 17:05 da Chiroqchi tumanidagi yashiringan joyidan ushlangan. U jinoyat sodir etilgan kunda yashiringan. Ichki ishlar vaziri hozir barcha jinoyat ishtirokchilari qamoqqa olinganini ma'lum qildi.

Po‘lat Bobojonovning aytishicha, jinoyat sodir etganlarning ikki nafari voyaga yetmagan va jinoyat ishtirokchilarining deyarli barchasi notinch oila farzandlari bo‘lgan. Xususan, Boymirzayevning otasi o‘z ukasining xotinini o‘ldirib, qamoqda o‘tirgani aytildi. Shuningdek, Boymirzayev qotillik tashkilotchisi bo‘lgan boshqa bir yigit bilan bir uyda yashagan.

Bosh prokuror Yo‘ldoshevning aytishicha, jinoyat sodir etilgan joydan pnevmatik to‘pponcha o‘qi topilgan. Shuningdek, gumonlanuvchilarning mashinasidan to‘pponcha topilgan.

Mavzuga oid