Fan-texnika | 23:08 / 24.08.2021
38057
1 daqiqa o‘qiladi

Samsung 3 yil ichida 40 ming ishchi yollaydi

Samsung Electronics kompaniyasi koronavirus pandemiyasidan keyin biofarmatsevtika, sun'iy ong, yarimo‘tkazgichlar va robotlar ishlab chiqarish sohalaridagi faoliyatini kengaytirish bo‘yicha dasturini taqdim qildi. Kompaniya ushbu dasturga 205 mlrd dollar ajratishga va 3 yil ichida 40 ming kishini yollashga tayyorligini bildirdi.

Ta'kidlanishicha, Samsung “yangi kelajakni ochuvchi kompaniya”ga aylanmoqchi. Dasturga ajratiladigan mablag‘lardan 153,5 mlrd dollari biotexnologiyalar sohasida innovatsiyalarni rivojlantirish, sanoat restrukturizatsiyasi, yangi zavodlar qurilishi, kompaniyalar bilan birlashish va ularni qo‘shib olish, kompaniyaning yarimo‘tkazgichlar ishlab chiqarish sohasidagi pozitsiyalarini mustahkamlash uchun Janubiy Koreyada sarmoya qilinadi.

Dastur e'lon qilingandan keyin kompaniya aksiyalari Seul fond birjasida 3,1 foizga qimmatlagan.

Ushbu rejalar Samsung vitse-prezidenti va norasmiy rahbari Li Je Yon muddatdan oldin ozodlikka chiqarilgandan bir necha kun o‘tib taqdim etildi.

 

Mavzuga oid