Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samsung butun dunyo bo‘ylab televizorlarini masofadan bloklay olishini ma'lum qildi
Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi o‘zi ishlab chiqargan televizorlarini dunyoning istalgan burchagida masofadan bloklay oladi. Bu haqda kompaniya bayonotiga tayanib XDA Developers internet portali ma'lum qildi.
Kompaniya televizorlarida TV Block funksiyasi mavjud bo‘lib, u televizorni masofadan bloklash imkonini beradi. Bu funksiya televizordan faqat uning qonuniy egasigina foydalanishini kafolatlaydi. Ushbu texnologiyadan maqsad televizorlarning do‘konlar, omborlar va foydalanuvchilar uylaridan o‘g‘irlanishiga qarshi kurashish hisoblanadi.
Samsung’da ta'kidlanishicha, ushbu funksiya kompaniyaning barcha televizorlarida o‘rnatilgan.
Funksiya o‘g‘irlangan televizor seriya raqami kompaniya serveridagi ro‘yxatga kiritilishi bilan faollashtiriladi. Bunday televizor internetga ulanganda, uning dasturi seriya raqami ro‘yxatda bor-yo‘qligini tekshiradi va uni topgudek bo‘lsa, televizorning barcha funksiyalari bloklab qo‘yiladi.
Televizorning barcha funksiyalarini tiklash uchun kompaniyaga qurilmani sotib olganlik tasdiqnomasi va amal qiluvchi litsenziya yuborilishi kerak.
Mavzuga oid
19:00 / 28.03.2025
Samsung yangi Galaxy A56 5G, A36 5G va A26 5G smartfonlarini taqdim etdi
17:50 / 28.03.2025
The Korea Times: LG, Samsung va Hyundai Rossiyaga qaytish imkoniyatini o‘rganmoqda
20:08 / 25.03.2025
Hindiston Samsungʼdan 601 mln dollarlik soliq qarzini to‘lashni talab qildi
21:15 / 03.03.2025