Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoydagi osmono‘par binoda yong‘in yuz berdi
Xitoyning Dalyan shahridagi Kaixuan International Building osmono‘par binosida yong‘in chiqdi. Bu haqda Sohu xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, yong‘in binoning 19-qavatidagi kvartirada chiqqan, shundan keyin u qo‘shni kvartiralarga o‘tgan. Yong‘inni o‘chirish uchun voqea joyiga 30 ta o‘t o‘chirish mashinasi va 100 dan ko‘proq o‘t o‘chiruvchi yuborilgan.
Hozirda qutqaruvchilar uyda biror kim qolganini tekshirishmoqda. Yong‘in oqibatida jabrlanganlar borligi ma'lum qilinmagan. Ma'lumotlarga ko‘ra, ushbu uyda 419 ta kvartira bo‘lib, ularda 800 dan ko‘proq odam yashaydi.
Mavzuga oid
20:09 / 25.05.2025
Toshkentdagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in chiqdi
08:10 / 24.05.2025
Toshkentda Nissan avtomobili yonib ketdi
21:35 / 22.05.2025
Xorazm viloyati Markaziy Banki binosida yong‘in yuz berdi
19:31 / 18.05.2025