Surxondaryoda o‘zaro janjal pichoqlashish bilan yakun topdi
Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida ikki kishining o‘zaro janjali pichoqlashish bilan yakun topgan. Oqibatda ulardan biri hayot uchun xavfli bo‘lgan tan jarohati olgan. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 27 avgust kuni soat 22:00 larda, Sherobod tumanining Mehnatobod mahallasida yashovchi, K.To‘ra mahalladoshi, O.Soatmurod bilan o‘zaro tortishib, janjallashib qolishgan.
Janjal vaqtida K.To‘ra qo‘lida bo‘lgan oshxona pichog‘ini O.Soatmurodning biqin sohasiga bir marotaba sanchib olib, hayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir tan jarohati yetkazgan.
Qayd etilishicha, 28 avgust kuni K.To‘raga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi «l» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov-surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

16:15 / 06.05.2025
Surxondaryoda ruhiy xasta ayol 3 yoshli qizni pichoqladi

17:32 / 29.04.2025
Sariosiyo aeroporti birinchi texnik reysni qabul qildi

23:16 / 11.04.2025
Surxondaryoda sudyaga 1000 dollar pora taklif qilgan advokat ushlandi

15:35 / 09.04.2025