Jahon | 16:26 / 31.08.2021
17320
1 daqiqa o‘qiladi

Toliblar hukumat tuzish bo‘yicha muzokaralarni yakunladi

Al Jazeera telekanali manbalarining ma'lumotlariga ko‘ra, hukumat tarkibiga mamlakatda yashovchi barcha millat va qabilalar rahbarlari kiradi.

«Tolibon» harakati Afg‘onistonda hukumat tuzish bo‘yicha muzokaralarni yakunladi, deb xabar berdi CNN-News18 telekanali.

Avvalroq toliblar inklyuziv hukumat tuzish bo‘yicha muzokaralar olib borayotgani ma'lum qilingandi.

Al Jazeera telekanali manbalarining ma'lumotlariga ko‘ra, hukumat tarkibiga mamlakatda yashovchi barcha millat va qabilalar rahbarlari kiradi.

Asosiy vazirliklar adliya, ichki xavfsizlik, mudofaa, tashqi ishlar, moliya, axborot va Kobul ishlari bo‘yicha tashkil etiladi.

Manbalarning so‘zlariga ko‘ra, AQSh hukumat tarkibiga sobiq prezident Hamid Karzay va milliy yarashuv oliy kengashi raisi Abdulla Abdullani kiritishni talab qilmoqda.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid