Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda karantin choralari yumshatiladi
13 sentyabrdan milliy va klublar jamoalariga 30 kishidan oshmagan holda sport mashg‘ulotlarini o‘tkazishga ruxsat beriladi.
Qozog‘iston sog‘liqni saqlash o‘rinbosari, mamlakat bosh vrachi Yerlan Kiyasov karantin cheklovi choralarini bosqichma-bosqich yumshatish to‘g‘risidagi farmoyishni imzoladi.
Hujjatga ko‘ra, tig‘iz vaqtlarda jamoat transporti soni oshiriladi, milliy va klublar jamoalariga 30 kishidan oshmagan holda sport mashg‘ulotlarini o‘tkazishga ruxsat beriladi.
Majlislar algoritmga rioya qilgan holda yuzma-yuz shaklda o‘tkazilishi mumkin (masofaviy shaklda o‘tkazishning imkoni bo‘lmaganda).
Farmoyishda shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy obektlarning ishlash tartibiga oid yangi talablar ko‘rsatib o‘tilgan.
Yangi farmoyish 13 sentyabrdan kuchga kiradi.
Mavzuga oid
21:25 / 25.05.2025
Qozog‘istonda Kaspiy dengizi sohilidan 100 dan ortiq o‘lik tyulen topildi
21:27 / 23.05.2025
O‘zbekiston va Qozog‘iston 4 ta chegara postida yuk avtomobillari harakatini yo‘lga qo‘ymoqchi
20:41 / 23.05.2025
FXX Qozog‘iston fuqarolarining Rossiyaga kirishini taqiqlay boshladi
08:50 / 22.05.2025