O‘zbekiston | 10:45 / 13.09.2021
1571
2 daqiqa o‘qiladi

Zar qadriga yetuvchi zargar

Hunarmand Ra'no Yeshimbetova zargarlar avlodi hisoblanadi. Bu kasb bilan 2006 yildan shug‘ullanadi. Hozirda Guliston shahrida joylashgan «Ishga marhamat» monomarkazida ishsiz va band bo‘lmagan yoshlarga zargarlik kasbini o‘rgatib keladi.

«Hozirda kumushdan quyma uslubda tayyorlanadigan uzuklarga talab yuqori. Chunki kumushning organizmga ham foydasi katta. Uzuklarga ko‘z qo‘yishda xaridorlarning talab va istagiga qarab, o‘zlari xoxlagan turidan qo‘yamiz. Ayni vaqtda 12 nafar shogird tayyorlayapman. Ikki-uch oydan so‘ng ular ham zargar bo‘lishadi. Zargarlarimiz ko‘payib, o‘zimizda tayyorlanganidan so‘ng xorijdan olib kelish ham kamayadi. Uyda ishsiz o‘tirgan ayollarimiz ham bu hunarni o‘rganib daromad olishlari mumkin», deydi Ra'no Yeshimbetova.

Quyma uslubda uzuk tayyorlash O‘zbekistonning Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlarida rivojlangan. Bunday uzuklarning 5-6 soatda tayyorlash mumkin. Hozirda texnologiyalar rivojlangani tufayli maxsus uskunalar yordamida 5-6 soatda ikki yuztagacha tayyorlash mumkin.

Filigran uslubi esa Buxoro viloyatida saqlanib qolgan. Bu uslubdagi uzuklar murakkab uslubda, bir oygacha bo‘lgan davrda qo‘l mehnati orqali tayyorlanadi. Shuning uchun bu uzuklarning narxi ham yuqori. Uning asosiy xaridorlari turistlar hisoblanadi. 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid