O‘zbekiston | 08:22 / 14.09.2021
6261
3 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda endi jinoyatlarning sodir etilishi sabablari tahlil qilinadi

Vazirlar Mahkamasi tomonidan Jinoyatlarning sabablari va ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni muhokama qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizom quyidagilarni nazarda tutadi:

  • jinoyatlarning sabablari va ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni muhokama qilishni tashkil etish va o‘tkazish tartibi;
  • jinoyatlarning turi hamda xususiyatlaridan kelib chiqib, vakillari muhokamada ishtirok etishi shart bo‘lgan davlat organlari va tashkilotlar ro‘yxati;
  • sodir etilgan jinoyatlar hamda sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirgan shaxslar to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish va hisobini yuritish bo‘yicha ishchi organ va uning vazifalari.

Jinoyatlarning sabablari va ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar muhokamasi:

  • sodir etilgan jinoyat holati bo‘yicha - jinoyat sodir etilgan hududdagi mahallada jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan kundan boshlab uch kun ichida;
  • jinoyat sodir etgan shaxs bo‘yicha - uning yashash joyidagi mahallada sudning qonuniy kuchga kirgan ayblov hukmi ichki ishlar organlariga kelib tushgan kundan boshlab uch kun ichida o‘tkaziladi.

Og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar sabablari va ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar muhokamasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri darajasidagi sektorlar hamda davlat organlari va tashkilotlar rahbarlari tomonidan jamoatchilik vakillari ishtirokida amalga oshiriladi. Uncha og‘ir bo‘lmagan va ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyatlar - tuman (shahar) darajasidagi sektorlar hamda davlat organlari va tashkilotlar rahbarlari tomonidan jamoatchilik vakillari ishtirokida amalga oshiriladi.

Jinoyatlarning sabablari va ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar muhokamasi jarayonida:

  • sodir etilgan jinoyat holati bo‘yicha jinoyat ishi mazmuni;
  • jinoyatga aloqador bo‘lgan shaxslar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni oshkor etishga;
  • shaxsning jinoyat sodir etilishida ayblilik masalasini muhokama qilishga;
  • ular muhokamada ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid