Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda quduqqa tushib ketgan sigir qutqarildi
Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida 4 metr chuqurlikdagi quduqqa tushib ketgan sigir qutqarilgan. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, joriy yil 11 sentyabr kuni soat 1:00 larda Shahrisabz tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limining 1050 qisqa raqamiga tumani Pillakashlik mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro murojaat qilgan. U sigiri hovlisida qazilgan chuqurligi 4 metr bo‘lgan quduqqa tushib ketgani hamda uni olib chiqishda amaliy yordam so‘ragan.
Mazkur murojaat yuzasidan, tuman yong‘in-qutqaruv otryadi aytilgan manzilga zudlik bilan yetib borgan. Qutqaruvchilar tomonidan olib borilgan tezkor harakatlar natijasida maxsus qutqaruv asbob-anjomlari yordamida sigir quduqdan chiqarib olingan.
Mavzuga oid
18:25 / 29.08.2023
Koronavirusga qarshi immuno-sut, kuniga 25 litr sut beruvchi sigirlar va qimmatbaho pishloq – Nukusdan “sutli” reportaj
16:00 / 13.11.2018
Foto: Samarqand FVB otryadi quduqqa tushib ketgan sigirni qutqardi
10:00 / 04.06.2018
Bo‘g‘oz sigir Yevropa ittifoqi hududini tark etgani uchun o‘lim jazosiga mahkum qilindi
14:40 / 30.01.2018