Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 08:30 / 17.09.2021
3758
1 daqiqa o‘qiladi
Cuv omborlari to‘g‘onlarida texnik tekshiruvlar yiliga ikki marta o‘tkaziladi
Cuv omborlari to‘g‘onlari va gidroelektr stansiyalarida instrumental texnik tekshiruvlar yiliga ikki marta o‘tkaziladi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma'lum qilindi.
Foto: KUN.UZ
“O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta'minlash to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, bino va inshootlarning seysmik mustahkamligi bo‘yicha tekshiruv va monitoringni o‘tkazishning quyidagi tartibi o‘rnatilmoqda:
- I–IV toifa obektlari har besh yilda seysmik mustahkamlik bo‘yicha vizual tekshiruvdan o‘tkaziladi;
- III–IV toifa obektlari har o‘n yilda seysmik mustahkamlik bo‘yicha instrumental texnik tekshiruvdan o‘tkaziladi;
- suv omborlari to‘g‘onlari va gidroelektr stansiyalarida instrumental texnik tekshiruvlar yiliga ikki marta o‘tkaziladi;
- har bir kuchli zilziladan so‘ng (5,0 magnitudali) suv omborlari to‘g‘onlarida zudlik bilan instrumental texnik tekshiruvlar o‘tkaziladi
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lishMavzuga oid
18:58 / 03.03.2025
Qashqadaryoda Qizilsuv suv ombori ta’mirlash maqsadida quritildi
17:32 / 30.01.2025
Soliq qo‘mitasi tadbirkorlarni tekshirish samaradorligi bo‘yicha eng yomon tashkilot deb topildi
14:15 / 15.01.2025
Sayyor tekshiruv o‘tkazishda soliq organlarining huquqlari kengaytirildi
13:35 / 15.01.2025