Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Menni Pakyao o‘z faoliyatini yakunlaganini tasdiqladi
Boks bo‘yicha 8 vazn toifasida sobiq jahon chempioni, filippinlik bokschi Menni Pakyao Toni Talks ko‘rsatuvida sport faoliyatini yakunlaganini tasdiqladi.
19 sentyabrda Pakyao 2022 yilda o‘tadigan Filippin prezidenti saylovlarida ishtirok etishi ma'lum qilingandi.
Bokschi ringdagi oxirgi jangini 2021 yil 22 avgustda WBA’ning superchempion unvoni uchun kubalik Yordenis Ugasga qarshi o‘tkazib, mag‘lubiyatga uchragan.
“Bokschilik faoliyatim yakunlandi, men bu qarorni boks bilan anchadan beri shug‘ullanishim va oilam menga u bilan yetarlicha shug‘ullanganimni aytayotgani sababli qabul qildim. Men Filippin prezidenti lavozimi uchun kurash olib borishga chorlovni ko‘rqmay qabul qilaman. Bizga taraqqiyot kerak, biz kambag‘allikni yengishimiz lozim. Bizga hukumatimiz xalqqa halol va ochiq-oydin xizmat qilishi kerak. Mavridi keldi va men o‘z zimmamga yetakchilik yukini olishga tayyorman”, deb aytgan bokschi.
Ayni vaqtda Pakyao Filippin senati a'zosi hisoblanadi, uning vakolatlari muddati 2022 yilda yakunlanadi.
Hozirda Filippin prezidenti Rodrigo Duterte hisoblanadi. Mamlakat konstitutsiyasiga ko‘ra, Duterte ikkinchi muddatga prezident lavozimini egallay olmaydi. Shu sababli u bo‘lg‘usi saylovlarda vitse-prezident lavozimi uchun kurashmoqchi.
Mavzuga oid
08:15 / 18.05.2025
O‘zbekistonlik bokschilar Polshadagi turnirda birinchi bo‘ldi
09:20 / 13.04.2025
Shahram G‘iyosov navbatdagi raqibini nokautga uchratdi (video)
10:12 / 06.04.2025
O‘zbekiston boks jamoasi jahon kubogida 5 ta oltin qo‘lga kiritdi
08:07 / 06.04.2025