Jahon | 17:30 / 23.09.2021
13198
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiya lirasi qiymati rekord darajada pastladi

Bundan avvalgi tarixiy minimum 2021 yil 22 iyunda qayd etilgandi - o‘shanda bir dollar narxi 8,78 liraga chiqqandi. 

Foto: REUTERS/Murad Sezer

Turkiya markaziy bankining asosiy stavkani pasaytirish to‘g‘risidagi qaroridan so‘ng lira kursi rekord minimumni yangiladi. Savdo ma'lumotlariga ko‘ra, bir dollar qiymati 8,79 lirani tashkil etdi.

Bundan avvalgi tarixiy minimum 2021 yil 22 iyunda qayd etilgandi — o‘shanda bir dollar narxi 8,78 liraga chiqqandi.  

23 sentabr kuni mamlakat markaziy banki asosiy stavkani 19dan 18  foizga tushirdi.

Avvalroq Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an asosiy stavkani oshirishga qarshi chiqqandi. Turkiya prezidenti asosiy stavkaning oshirilishi inflatsiyani kuchaytiradi deb hisoblamoqda.

Markaziy bankning hozirgi rahbari Shahap Kavjio‘g‘li 2021 yil martda ushbu lavozimga tayinlangandi. Undan avval rahbar bo‘lgan Naji Agbala asosiy stavkani 17 foizdan 19 foizga ko‘targani uchun lavozimidan bo‘shatilgandi.  

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid