Jahon | 09:43 / 27.09.2021
7175
1 daqiqa o‘qiladi

Germaniyadagi saylovlarning dastlabki natijalari e'lon qilindi 

Germaniyada o‘tgan parlament saylovlarining rasmiy dastlabki natijalari e'lon qilindi. Ularga ko‘ra, saylovlarda Germaniya sotsial-demokratik partiyasi (GSDP) 25,7 foiz ovoz bilan g‘alaba qozondi.  

Foto: Sean Gallup/Getty Images

Saylovlarda GSDPning asosiy raqibi, amaldagi kansler Angela Merkelning XDI/XSI bloki 24,1 foiz, “Yashil”lar 14,8 foiz, Germaniya ozod demokratik partiyasi 11,5 foiz, “Germaniya uchun muqobil” 10,3 foiz va “So‘llar” 4,9 foiz ovoz to‘plagan.

Saylovlardagi davomat 76,6 foizni tashkil qilgan.

GSDPdan kansler lavozimiga Olaf Sholtz, XDI/XSI blokidan Armin Lashet da'vogarlik qilmoqda.

Saylovlar natijalariga ko‘ra, Bundestagda o‘rinlar taxminan quyidagicha taqsimlanadi: GSDP 205-209 mandat, XDI/XSI – 194-196, “Yashillar” – 116-118, Germaniya ozod demokratik partiyasi – 91-93, “Germaniya uchun muqobil” – 84, So‘l partiya – 39-40 mandat. Yangi parlamentning ilk yig‘ilishi 26 oktyabrda o‘tishi kutilmoqda.

Saylovlarda Merkel ishtirok etmagan. U kansler lavozimidagi 16 yillik faoliyatidan keyin ushbu lavozimni tark etadi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid