Jahon | 21:23 / 27.09.2021
4366
1 daqiqa o‘qiladi

Yil oxiriga borib neft narxi 90 dollarga yetadi – Goldman Sachs

Hozirda ICE Futures birjasida noyabr oyi uchun Brent rusumidagi neftning bir barreli narxi 79,58 dollarni tashkil etmoqda. Bu bir kun ilgarigi narxga nisbatan 1,49 dollarga ko‘proq.

Foto: David McNew/Getty Images

Yil oxiriga borib bir barrel neft narxi 90 dollarga yetadi, deb hisoblamoqda Goldman Sachs tahlilchilari.

Reuters agentligining yozishicha, neft narxining ko‘tarilishiga sabab unga bo‘lgan talabning tez tiklanishidir.

Shu bilan birga, 2022 yilning ikkinchi va uchinchi choraklarida bir barrel neft narxi 80 dollargacha bo‘lishi taxmin qilinmoqa.

Hozirda ICE Futures birjasida noyabr oyi uchun Brent rusumidagi neftning bir barreli narxi 79,58 dollarni tashkil etmoqda. Bu bir kun ilgarigi narxga nisbatan 1,49 dollarga ko‘proq.

Nyu-York tovar birjasida noyabr oyi uchun WTI rusumidagi neftning bir barreli narxi 1,47 dollarga qimmatlab, 75,45 dollarga yetdi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid