O‘zbekiston | 08:03 / 30.09.2021
3860
2 daqiqa o‘qiladi

Davlat funksiyalarini xususiy sektorga o‘tkazish qanday amalga oshirilishi ma'lum bo‘ldi

Vazirlar Mahkamasining “Davlat funksiyalarini xususiy sektorga o‘tkazish tizimini joriy qilish bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Foto: Shutterstock

Qaror bilan quyidagilarni nazarda tutuvchi davlat funksiyalarini xususiy sektorga o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi:

  • davlat organlarining xususiy sektorga o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan davlat funksiyalarini tanlab olish;
  • xususiy sektorga o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan davlat funksiyalarining yagona reyestrini shakllantirish, yuritish va yangilab borish;
  • davlat funksiyalarini xususiy sektorga o‘tkazish borasida xususiy sektor sub'yektlarining takliflarini o‘rganish hamda bozor tayyorligini tahlil qilish;
  • davlat funksiyalarini xususiy sektorga o‘tkazish tartib-taomillari;
  • xususiy sektorga o‘tkazilgan davlat funksiyalari amalga oshirilishi samaradorligi va sifatini baholash hamda ularni monitoring qilish tartibi;
  • davlat funksiyalari xususiy sektorga o‘tkazilishi munosabati bilan tegishli davlat organlarining shtat birliklarini maqbullashtirish.

 
Belgilanishicha, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi har yili 15 fevralga qadar manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ularning davlat boshqaruvidagi samarasiz hamda eksklyuziv funksiyalarini to‘liq xatlovdan o‘tkazadi. Shundan keyin 20 martga qadar Adliya vazirligi va manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda davlat funksiyalarini xususiy sektorga o‘tkazish imkoniyati xolisona tahlil qilinadi va 20 mayga qadar uning yakuniy ro‘yxatini shakllantiradi.

1 iyulga qadar Savdo-sanoat palatasi hamda funksiyalari xususiy sektorga o‘tkazilishi taklif etilayotgan vazirliklar va idoralar bilan birgalikda jamoatchilik muhokamasi o‘tkaziladi, shuningdek, ushbu davlat funksiyalariga o‘xshash bo‘lgan faoliyat tajribasiga ega xususiy sektor sub'yektlarining dastlabki ro‘yxati shakllantiriladi.

1 oktyabrga qadar Vazirlar Mahkamasi tomonidan ma'qullangan davlat funksiyalarini xususiy sektorga o‘tkazish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqiladi.

Mavzuga oid