Toshkentda «Spark» haydovchisi YTH yuzaga keltirib, voqea joyidan ketib qoldi
Ijtimoiy tarmoqlarda "Spark” haydovchisi sababli “Kobalt” haydovchisi piyodani urib yuborgani haqida video tarqaldi. IIV YHXBB holat yuzasidan ma'lumot berdi.

Joriy yilning 3 oktabr kuni soat 11:00larda, Toshkent shahar, Bektemir tumani THAY ko‘chasida haydovchi, 1972 yilda tug‘ilgan K.K. "Kobalt" rusumli avtomobilda harakatlanayotgan vaqtda, qayrilib olish joyida yo‘liga chiqib ketgan "Spark" avtomobiliga urilib ketmaslik maqsadida rulni o‘ng tomonga burgan va yo‘l chetida turgan piyoda, 1987 yilda tug‘ilgan P.B.ni urib yuborgan.
Natijada, piyoda P.B. tan jarohati bilan shifoxonaga murojaat qilgan.
Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, holat sodir bo‘lishiga aloqador bo‘lgan "Spark" rusumli avtomobil haydovchisini aniqlash choralari ko‘rilmoqda.
Mavzuga oid

11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi

09:39 / 23.05.2025
Bo‘rijardagi fojia. Odamlar xavfsizligi oxirgi o‘rindami?

19:00 / 22.05.2025
Toshkentdagi “Gumma-Xonim ” ovqatlanish markazi buyurtmalar uchun call-markazni ishga tushirdi

18:50 / 22.05.2025